Toshkentda “Barqaror investitsiyalar: strategik rivojlanish amaliyotlar orqali biznes muvaffaqiyatiga erishish” mavzusida biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent shahrida “Barqaror investitsiyalar: strategik rivojlanish amaliyotlar orqali biznes muvaffaqiyatiga erishish” mavzusida biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirni Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. Mansurjon Rasulev ochib berishdi. Nutqlarda O‘zbekistonning investitsiya va ta’lim sohasida barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir doirasida Coca-Cola Uzbekistan, Korzinka, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Invest Finance Bank, UzAuto Motors, Uzbek-Oman Investment Company hamda Chapter Zero Uzbekistan vakillari o‘z tajribalari va investorlarga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot qildilar.
Tadbir interaktiv savol-javob sessiyasi bilan yakunlandi.