Yangiliklar

Xiva shahrida Xorazm viloyatining investitsiyaviy imkoniyatlari namoyish etildi

1 daqiqalik o'qish

2025-yil 21-sentabr kuni qadimiy Xiva shahrida Xorazm xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy investorlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, mazkur forumda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktor v.b. Mansurjon Rasulev mamlakatimizning investitsiyaviy muhitiga bag‘ishlangan taqdimot bilan chiqdi va Xorazm viloyatida xorijiy investorlar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Forum doirasida Xorazm viloyati hokimligi va Allied Green Ammonia Pty Ltd kompaniyasi o‘rtasida viloyatda karbonsiz aviatsiya yoqilg‘isi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Shikoyat yoki takliflaringiz bormi?

Bu yerda tizim haqida fikr qoldirishingiz yoki shikoyat qilishingiz mumkin