O‘zbekistonning o‘zgarishi e’tibor markazida: yirik investitsiya forumi ochilayotgan imkoniyatlarni namoyish etmoqda.
Tarixi olis o‘tmishga borib taqaladigan O‘zbekistonning ko‘p jihatdan yangi mamlakat ekanligi zidiyatli (paradoksal) holatdir. Sakkiz yillik islohotlar Yevroosiyo qit’asining qo‘rqida joylashgan ushbu xalqni iqtisodiy drayverga aylantirdi.
Jadal o‘sishga g‘ov deb qaralgan qonun va soliqlar bir chetga surildi, tartib-qoidalar soddalashtirildi, rasmiy jarayonlar maqbullashtirildi. Xalqaro kapital uchun barcha eshiklar keng ochib berildi va ushbu strategiyaning muvaffaqiyati barchaga yorqin ko‘rinib turibdi.
O‘zbekiston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda xorijiy investitsiyalar 60 foizdan ziyodga oshib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Energetika, qayta ishlash va kon-sanoat tarmoqlari bunday sarmoyalarning asosiy nishoni hisoblanadi, bu O‘zbekistonning boy tabiiy resurslarini hisobga olganda ajablanarli emas. Biroq mablag‘lar boshqa qator sohalarga, jumladan texnologiyalar, moliya, yashil energetika va transportga ham jadal kirib keldi.
2025-yilning 9-12-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi natijasida investorlarning qiziqishi yanada ortishi kutilmoqda. Hukumat ta’kidlaganidek:
"Forum xorijiy investorlar uchun Yangi O‘zbekistonga — Katta imkoniyatlar mamlakatiga darvoza vazifasini o‘taydi."-
Bu yerda transmilliy korporatsiyalar mintaqaviy va milliy yetakchi kompaniyalar hamda moliya institutlari bilan muloqot qiladi, bu esa O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yuragidagi g‘oyalar va tijorat imkoniyatlarini almashish maskani sifatidagi tarixiy o‘rnini zamonaviy kontekstda qayta gavdalantiradi.
O‘zbekiston loyihalarida ishtirok etishga bo‘lgan bunday qiziqish va intilish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Sheriklik O‘zbekistonga kiritilayotgan ko‘plab yirik investitsiyalarning kalitidir, bu borada chegaralar o o‘tib va butun dunyo bo‘ylab olib borilayotgan samarali hamkorlik barcha ishtirokchilarga manfaat keltirmoqda.
Ayni shu qisqa davr ichida Xitoyning Futszyan provinsiyasi korxonalari bilan savdo va investitsiyalar bo‘yicha 20 dan ortiq bitim imzolandi, shuningdek O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni Biznes kengashining videokonferensiya shaklidagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bularning barchasi investitsiyalarni uzluksiz va izchil izlash taassurotini uyg‘otishi mumkin. Va bu mutlaqo to‘g‘ri taassurotdir.
O‘zbekistonga yangi mablag‘larni jalb qilishga mahalliy hamda xorijiy amaliy muvaffaqiyat hikoyalari yordam bermoqda. Mamlakatning birinchi texnologik "unikorn"i — qiymati kamida 1 milliard dollarga baholangan startap bo‘lmish Uzum alohida e’tirofga loyiq. U nafaqat o‘z taqdirini, balki bank ishi, elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi keng ko‘lamli faoliyati bilan mamlakatning iqtisodiy qiyofasini ham o‘zgartirdi.
Yangi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning muhim belgisi Saudiya Arabistonining ACWA Power energetika giganti tomonidan ko‘rsatildi. 2024-yilda u qayta tiklanadigan energiya manbalariga, jumladan shamol, quyosh energiyasi va batareya saqlash tizimlariga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritishini e’lon qildi. Umumiy hisobda ACWA Power O‘zbekistonda 19 ta loyiha doirasida 13,7 milliard dollar sarmoya kiritdi. Saudiya Arabistonining o‘zidan keyin O‘zbekiston endi ACWA uchun eng yirik bozor hisoblanadi.
Saudiya Arabistonining yana bir vakili — ma’lumotlar markazlarini ishlab chiquvchi va operatori bo‘lmish DataVolt kompaniyasi bulutli hisoblash va raqamli xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Toshkentdagi IT Park’ga 200 million dollardan ortiq investitsiya kiritmoqda. DataVolt shuningdek Buxoro va Yangi Toshkentdagi bo‘lajak kampuslarga qo‘shimcha investitsiyalar kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekistonning transport aloqalarini yaxshilash hukumatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Turkiyaning KOC Construction kompaniyasi Toshkent — Samarqand tezyurar temir yo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishida ishtirok etmoqda, shuningdek Urganch xalqaro aeroportini kengaytirishda hamkorlik qilmoqda.
Bank va moliya olamidan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng jadal rivojlanayotgan mustaqil bank guruhlaridan biri bo‘lgan OTP Group 2023-yilda Ipoteka-bankni sotib olish orqali O‘zbekiston bozoriga kirib keldi. 11 mamlakatda 40 000 ga yaqin xodimga ega bo‘lgan Guruh 17 million mijozga universal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. U S&P Global Market Intelligence tomonidan 2023-yilda Yevropaning 50 ta eng yirik banki orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega banklardan biri deb e’tirof etilgan. OTP Group shuningdek O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etgan birinchi xorijiy bank bo‘ldi.
Saudiya Arabistoniga oid so‘nggi ma’lumot Miahona kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u mintaqadagi Davlat-xususiy sheriklik asosida suv va oqova suv infratuzilmasini rivojlantiruvchi ilk sub’yektlardan biri sifatida bir nechta suv tozalash inshootlarini qurish va modernizatsiya qilish, suv sifatini va ekologik holatni yaxshilash ustida ish olib bormoqda.
Ushbu va boshqa investitsiyalar Yangi O‘zbekiston uchun biz tilaganimizdan ham afzalroq dalillardir va ishonch bilan ayta olamizki, ularning ortidan boshqalari ham keladi. Mamlakatning boy madaniy merosi endi dinamik va ochiq iqtisodiyot bilan yonma-yon bormoqda. Bu Yevroosiyo markazida joylashgan va butun dunyoni samimiy qutlaydigan mamlakatdir.