Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1 daqiqalik o'qish

20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

🟠Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 2025-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 178 mln dollarni (+24%), o‘zlashtirilgan Saudiya investitsiyalari hajmi esa 2,8 mlrd dollarni (+105%) tashkil etdi. O‘zbekistonda Saudiya kapitali ishtirokidagi 433 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

 

🟠Alohida e’tibor savdo hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish, o‘zaro biznes-missiyalar va ko‘rgazmalar tashkil etish, shuningdek, energetika, raqamli texnologiyalar, transport, moliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qaratildi.

 

🟠Uchrashuv yakunida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 2026-yil IV choragida Ar-Riyod shahrida o‘tkazish taklif etildi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan EXPO 2030 ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyonini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.