Raqamlashtirish markazi

Raqamlashtirish markazi — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi raqamli platformalar, axborot tizimlari va IT-yechimlarni ishlab chiqish hamda joriy etishga ixtisoslashgan tashkilot. Markaz investitsiya, sanoat va savdo jarayonlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni boshqarishni avtomatlashtirish hamda davlat qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash va tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi tahliliy vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Raqamlashtirish markazi — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi tashkilot bo‘lib, uning faoliyati investitsiyalar, sanoat, savdo va marketing sohalarida raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan.
Markaz davlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan axborot tizimlari, raqamli platformalar hamda dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.
Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri investitsiya va sanoat faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish, shuningdek, axborotlarni tahlil qilish va tahliliy hisobotlarni tayyorlash vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
Shuningdek, Markaz investitsiyalar, sanoat, savdo va marketing sohalaridagi tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro savdo ma’lumotlari platformalarini takomillashtirish maqsadida IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Raqamlashtirish markazi o‘z faoliyati orqali zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining ustuvor vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi raqamli vositalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.