
Asosiy nashr
O‘zbekiston investitsiya qo‘llanmasi 2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosiy tarmoqlari, investitsiya muhiti va investorlar uchun mavjud imkoniyatlarning keng qamrovli sharhi.
PDF yuklab olishO‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlariga oid tahliliy materiallar, tadqiqotlar va nashrlar

Asosiy nashr
O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosiy tarmoqlari, investitsiya muhiti va investorlar uchun mavjud imkoniyatlarning keng qamrovli sharhi.
PDF yuklab olish
SharhO‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, raqobatbardosh ustunliklari va biznes yuritish sharoitlarini yorituvchi taqdimot materiallari. Unda ustuvor tarmoqlar, hududlarning investitsiya imkoniyatlari, infratuzilma loyihalari hamda investorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari aks ettirilgan.
Qo‘llanmaPwC bilan hamkorlikda tayyorlangan, O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, istiqbolli tarmoqlari va investitsiya muhitini qamrab oluvchi amaliy investitsiya qo‘llanmasi. Unda biznesni tashkil etish va yuritish, soliqqa tortish, bojxona tartibga solish tizimi hamda qonunchilik talablari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Qo‘llanmaPwC bilan hamkorlikda tayyorlangan, O‘zbekistonning makroiqtisodiy tendensiyalari, ustuvor tarmoqlari, soliq tizimi va qonunchilik asoslarini qamrab oluvchi yangilangan kompleks investitsiya qo‘llanmasi. Unda xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik, barqaror rivojlanish va Toshkent xalqaro moliya markazi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
HisobotO‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, makroiqtisodiy tendensiyalar, xorijiy investitsiyalar oqimi, hududlar salohiyati va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qamrab oluvchi tahliliy hisobot. Unda investorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari, amalga oshirilayotgan islohotlar bahosi hamda 2026-yil uchun investitsiya muhiti prognozi keltirilgan.
SharhO‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari, infratuzilmani modernizatsiya qilish, energetika va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan investitsiyaviy jozibadorlik sharhi. Unda muvaffaqiyatli investitsiya loyihalari, xalqaro hamkorlik va mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar tajribasi yoritilgan.
Ma’lumotnomaOsiyo taraqqiyot bankining O‘zbekiston bilan hamkorligiga bag‘ishlangan, 2025-yildagi loyihalarni moliyalashtirish va bankning moliyaviy majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot sharhi. Unda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, energetika, transport, ta’lim, moliya, suv ta’minoti va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar yoritilgan.
Ma’lumotnomaO‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq siyosati va xorijiy investitsiyalar dinamikasini aks ettiruvchi qisqacha axborot sharhi. Unda xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari, erkin iqtisodiy zonalar, investitsiya loyihalari va mamlakatning xalqaro kredit reytinglari haqida ma’lumotlar keltirilgan.